08 dek 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri o'zini Muhammad Aliga o'xshatdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'zini Muhammad Aliga tenglashtirdi.
"Men siyosiy sabablar tufayli boksdan tashqarida qolib ketyapman. Ular Muhammad Ali bilan ham shunday qilishgandi. Men ikki yil ringda bo'lmadim. Aliga 3 yil 7 oy davomida jang qilishni taqiqlashgan. Lekin, u faoliyatini buyuklarcha yakunladi.
Men ishlayapman, shug'ullanyapman, barchasi yaxshi ketyapti. Og'irligim kamaymoqda. Faoliyatimda erishgan yutuqlarimdan mamnunman. Lekin, eski maqol bor: "Siz yaxshi insonni sindira olmaysiz". Bu narsa men haqimda. Men yaxshi insonman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar