26 iyu 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Uaylder Joshuani birinchi raundda tinchitadi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri ushbu kamarning sobiq egasi Deontey Uaylderning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Aniqrog'i, Fyuri amerikalik bokschi agar WBA Super, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang o'tkazsa, birinchi raundning o'zida bahs yakunlanishini taxmil qildi.
"Uaylder Joshuani aniq mag'lubiyatga uchratadi. Yuz foiz kafolati bilan bu gapni aytyapman. Birinchi raundning o'zida Uaylder Entonini nokautga uchratadi. SHuningdek, Deontey Dillian Uayt va Jarell Millerni er tishlata oladi. Bitta harakat va zarba - ular ringga qulashadi. Deontey Dominik Brizilga qarshi jangda nima qilgan bo'lsa, nomlarini tilga olgan bokschilarim xam uning holatiga tushadilar", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar