24 iyu 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Jonsga qarshi jang haqida: Xavotir olmanglar
Sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson Roy Jonsga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
“Har ikkimiz ham tajribali bokschilarmiz. Biz o'zimiz haqimizda qanday qayg'urish kerakligini yaxshi bilamiz. Xavotir olmanglar, bizga hech nima qilmaydi. Jangga yuz foiz tayyor holda kelmoqchiman. Men hech bir jangga etiborsiz kelmaganman, har bir jangga alohida tayyorgarlik olib boraman. Men ancha vaqt davomida boksda bo'lmadim, lekin endi yana shu sohadaman. Jonsga qarshi ajoyib jang bo'lishi aniq”,-dedi Tayson.
Eslatib o'tamiz, Tayson - Jons jangi 12 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar