22 sen 14:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Klichkoga qarshi revansh jangidan oldin qimmatbaho mashina xarid qildi (foto)
Super og'ir vazn bo'yicha amaldagi jahon chempioni Tayson Fyuri 29 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Vladimir Klichkoga qarshi revansh jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
OAV vakillari jahon chempionini yangi mashinasi bilan ko'rishdi. Fyuri Klichkoga qarshi jangdan ishlab topgan puliga 150,975 funt turadigan Mersedes SUV avtomobilini sotib olgan. Mashinaning oynasida esa "Gypsy King" brendi logotipi tushirilgan edi.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar