31 may 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Taysonga endi Dillian Uayt bilan jang qiziq emas
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri amerikalik jurnalistlar bilan uchrashuvda bir nechta savollarga javob berdi.
Britaniyalik engilmas bokschining aytishicha, endi unga hamyurti Dillian Uaytga qarshi WBC chempionlik kamari uchun kechadigan saralash jangi qiziq emas.
"Bu jang endi menga qiziq emas. Men to'g'ridan-to'g'ri chempionlik kamari uchun ringga chiqaman. Dillian Uayt - "qop", men uni nokautga uchrataman. Hozir birinchi galda Tom SHvarcni mag'lub etishim kerak. Keyin qolgan chempionlarga navbat keladi", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri 15 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'zining ESPN telekanali bilan imzolagan shartnomasiga ko'ra ilk jangini Tom SHvarcga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar