25 avg 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA
"Tayyorman!". Hasanboy Do'smatov Bibossinovga qarshi jang haqidagi savolga javob berdi
Ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov qozog'istonlik azaliy raqibi Saken Bibossinov bilan jang haqidagi savolga javob berdi.
"Yaxshi taklif bo'lsa doim tayyormiz! Jangdan qochmaganman. Lekin vazn toifalaridagi farq ham o'zgardi. Buni ham unutmaslik kerak. Men 51, u esa 52 kg vaznda. Bu 1 kg bo'lgani bilan o'rtadagi farq katta.
Vazn tashlash va undan keyin tiklanish jarayonlari ham bor. Balki bu jang qachondir professional boksda ham o'tkazilishi mumkin", - dedi Hasanboy Do'smatov olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar