20 fev 21:02
Yangiliklar
Tennis

Tennis federaciyasi rahbariyati yangilandi. Qariyb 80 yoshli Zelimxan Haydarov rais o'rinbosari bo'ldi, To'laganova ham "ko'tarildi"
Bugun O'zbekiston tennis federaciyasi rahbariyati tarkibi qaytadan tuzildi.
Bu haqda federaciya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko'ra, Zelimxan Xaydarov, No'mon Sattorov, Aziz Hamidov rais o'rinbosari bo'ladi. Bunga qadar tashkilot bosh kotibi lavozimini egallab kelgan Iroda To'laganova ham endi rais o'rinbosari vazifalarini bajaradi.
Sardor Komilov esa federaciya bosh kotibi etib tayinlangan.
Avvalroq, O'zbekiston tennis federaciyasiga taniqli tadbirkor Botir Rahimov rais bo'lgani haqida xabar bergan edik. Malumot o'rnida, uning 80 yoshli o'rinbosari Zelimxon Haydarov uzoq yillar davomida Prezident devonida faoliyat yuritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar