10 avg 16:42
Yangiliklar

Tennischilarimiz Roland Garros Junior Series'ni kuchli uchlikda yakunlashdi, Abdullaev keyingi bosqichga chiqdi
O'g'il bolalar turnirida hamyurtimiz Akmal Abdullaev hal qiluvchi uchrashuvda qozog'istonlik Mansur Sainovga 7-6(4), 1-6, 4-6 hisobida mag'lub bo'lib, ikkinchi o'rinni egalladi. Bu Abdullaevga 2025 yil oktyabr oyida Yaponiyada bo'lib o'tadigan final bosqichida O'zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatini berdi.
Alan Zinatulin esa qozog'istonlik Ansar Niyatkalievni 6-4, 2-6, 6-4 hisobida engib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Abdurahmon Karimov ham ajoyib o'yin ko'rsatdi, u 7-o'rin uchun bahsda Ratmir Pulkevichni 6-1, 6-7(8), tay-brekda 10-5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Keyra Kim qizlar o'rtasida 5-o'rin uchun kurash olib bordi, ammo shiddatli o'yinda Sofiya Malishevaga 3-6, 6-4, tay-breda 10-12 hisobida yutqazib, yakunda 6-o'rinni egalladi.
Fikrlar