02 iyu 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Teofimo Lopes Lomachenkoga qarshi muxlislarsiz jang o'tkazishga tayyor
Engil vaznda IBF kamari sohibi Teofimo Lopes WBC, WBA, WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi muxlislarsiz ham jang qilishga tayyor ekanligi haqida gapirdi.
"Xabarim bor, Bob Arum ushbu jangda xech bo'lmasa bir necha ming muxlislar ishtirok etishi bo'yicha ish olib bormoqda. Albatta bunday janglarda muxlislar bo'lishi kerak. Biz esa hozircha har kuni shug'ullanyapmiz va jangning rasmiy anonsini kutmoqdamiz.
Men Las-Vegasda muxlislar qarshisida jang qilishni istardim. Bizning jangimiz «Allegiant Stadium»dagi birinchi to'qnashuv bo'lsa ajoyib bo'lardi. Menimcha Lomachenko ham shunday hisoblaydi.
Biz muxlislarsiz ham jang qilishga tayyormiz. Garchi bunday saviyadagi jangda muxlislar bo'lishini barcha istayotgan bo'lsada", - dedi Lopes.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar