26 fev 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA
The Ring SHahram G'iyosovning vaznidagi reytingni yangiladi
Nufuzli The Ring jurnali reytingida kuni kecha chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Rayan Garsiya to'rtinchi o'ringa ko'tarildi.
Mazkur divizionda WBO yo'nalishi bo'yicha chempion bo'lib turgan amerikalik Devin Xeyni hamon reyting peshqadami.
Ikkinchi o'rin esa sobiq chempion Brayan Normanda saqlanib qoldi. Eymantas Stanionis ham hali hamon uchinchi pog'onadan joy olgan.
Hamyurtimiz SHahram G'iyosov reytingda bir pog'ona pastlab, ettinchi o'ringa joylashdi.
Yarim o'rta vazn toifasidagi The Ring TOP-10 quyidagicha:
1. Devin Xeyni
2. Brayan Norman
3. Eymantas Stanionis
4. Rayan Garsiya
5. Rolando Romero
6. Roan Polanko
7. SHahram G'iyosov
8. Raul Kuriel
9. Jek Ketteroll
10. Tayger Jonson.

Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar