16 iyu 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA
The Ring zamonamizning Top-10 og'ir vazn bokschilari reytingini elon qildi
Dunyoga mashhur The Ring jurnali zamonamizning o'n nafar kuchli og'ir vaznli bokschilari reytingini tuzib chiqdi.
Jurnal talqiniga ko'ra ro'yxat chempioni sifatida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri etirof etilgan. Reytingning birinchi pog'onasi WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga tegishli.
WBC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan, ushbu kamar uchun rasmiy davogar Dillian Uayt ikkinchi, sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder uchinchi pog'onadan joy olgan. Rossiyalik Aleksandr Povetkin 6-o'rinda qayd etilgan
The Ring jurnali tanlovi (Top-10):
CHempion — Tayson Fyuri
1. Entoni Joshua
2. Dillian Uayt
3. Deontey Uaylder
4. Luis Ortis
5. Endi Ruis
6. Aleksandr Povetkin
7. Jozef Parker
8. Maykl Xanter
9. Oskar Rivas
10. Kubrat Pulev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar