17 okt 16:16
Yangiliklar
Futbol

Timur Kapadze Indoneziyaning qiziqishlari haqida nimalar dedi?
Timur Kapadze Championat.asia saytiga Indoneziyadan qiziqish bor yoki yo'qligi bo'yicha tarqalayotgan xabarlarga izoh berdi.
"Indoneziyaning qiziqishi haqida o'qidim va eshitdim. Instagram sahifam indoneziyalik muxlislar maktublari bilan to'lib-toshmoqda. Biroq hozircha Indoneziya futbol associaciyasidan rasmiy taklif kelib tushmagan.
Indoneziya – yaxshi shakllangan jamoa. U erda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Indoneziyalik muxlislarning bu xohishi meni xursand qildi", – dedi Kapadze.
Avvalroq Timur Kapadze Patrik Klyuyvert o'rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.
Havola :
Fikrlar