22 iyu 13:37
Yangiliklar

Timur Valiev UFC bilan shartnoma imzoladi
Bu haqida Valievning o'zi Instagram sahifasida xabar berdi.
"Qo'llab-quvvatlovchi fikrlar uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman. Biz bu yo'lda uzoq masofani bosib o'tdik. Nimalarga qodir ekanimni ko'rsatadigan fursat etib keldi", — deya "Instagram"da UFC xeshtegi bilan xabar qoldirgan Valiev.
Takidlash joiz, ushbu xabar ostidagi fikrlar lentasida sobiq UFC chempioni Frenki Edgar Valievni shartnoma bilan tabriklagan. Edgar va Timur bir jamoa azolari hisoblanishadi. Valiev anchadan beri AQSHda mashg'ulot hamda janglarini o'tkazib kelmoqda. U 2014-2016 yillar oralig'ida WSOF ligasida o'z janglarini o'tkazgan. Keyin PFL promousheniga o'tgan. Valiev MMAda o'tkazgan jami 16 jangining 14 tasida g'alaba qozongan.
Fikrlar