So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

06 may 18:00
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Tokio-2020: Delegaciyamizni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Teglar :  Tokio-2020
Bugun Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan delegaciyamiz vakillarini koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlandi.

Tadbirni para-suzish bo'yicha terma jamoamiz vakillari boshlab berishdi.

Jarayon MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida bo'lib o'tdi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari Ravshan Irmatov, O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi raisi Muxtorxon Toshxo'jaev, RSTIAM rahbariyati, para-suzish bo'yicha terma jamoamiz vakillari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Dastavval terma jamoaning 11 nafar vakilidan qon tahlillari olinib, ularning organizmi emlash uchun qay darajada tayyorligi ko'zdan kechirildi. Tahliliy natijalar yakuniga ko'ra, 3 nafar sportchi va 2 murabbiyda emlash jarayoni amalga oshirildi. Bu borada murabbiy Ravshan Alimov delegaciyamiz azolari orasida vakcina qabul qilgan ilk inson bo'ldi. Terma jamoamiz vakillari o'z navbatida hukumatimiz va shaxsan davlatimiz rahbarining atletlarimiz salomatligi haqida qayg'urayotganidan minnatdor ekanliklarini aytib o'tishdi.

Takidlash joiz, delegaciyamizni emlash jarayonida “Sputnik V” vakcinasidan foydalanilmoqda. Yo'riqnomga ko'ra, vakcina 21 kun oralig'ida 2 komponentda qabul qilinadi.

Reja bo'yicha delegaciya azolarini emlash 1 iyunga qadar davom etadi va bu jarayonni boks bo'yicha terma jamoamiz vakillari yakunlab berishadi. Umumiy hisobda 250 nafar vakilni emlash ko'zda tutilgan.

SHundan so'ng MOQ rahbariyati federaciyalarning sport shifokorlari bilan uchrashib, emlash jarayoniga tayyorgarlik, sportchilarimizning salomatligiga yanada katta etibor qaratish bo'yicha suhbatlashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing