26 iyu 17:30
Yangiliklar
Tokio-2020. Olimpiadaning uchinchi kunida medallarga juda yaqin kelgandik, ammo...
Tokiodagi Olimpiya o'yinlarining uchinchi kunida o'zbekistonlik sportchilar tomonidan quyidagi natijalar qayd etildi:
Qilichbozlik: Zaynab Dayibekova (chorak final)
Boks: SHahobiddin Zoirov (g'alaba)
Taekvondo: Nigora Tursunqulova (ilk davrada mag'lubiyat)
Dzyudo: Hikmatillox To'raev (ikkinchi jangda mag'lubiyat)
Taekvondo: Nikita Rafalovich (yarim final, bronza uchun jangda mag'lubiyat)
Boks: Fanat Qahramonov (g'alaba)
Og'ir atletika: Muattar Nabieva (4-o'rin)
SHu tariqa, Olimpiadaning uchinchi kunida o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroki yakunlandi.
17:29. Afsuski, Muattar Nabieva to'rtinchi o'ringa tushib ketdi... SHu tariqa, u Olimpiadani to'rtinchi o'rinda yakunladi.
17:23. Muattar Nabieva siltab ko'tarish mashqlarini 114 kg. natija bilan yakunladi. Bungacha u dast ko'tarishda 98 kg. natija bilan Olimpiada rekordini o'rnatgandi. SHu tariqa, Nabieva 212 kg. natija bilan Olimpiya o'yinlarini yakunladi. Hali medal uchun imkoniyatimiz bor. Faqat, bu qolgan sportchilarning ishtirokiga bog'liq bo'lib qoldi.
16:56. Nikita Rafalovich xorvatiyalik Toni Kanaetga qarshi jang qildi va afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi... Bronza medaliga juda-juda yaqin kelgandik... Afsus.
16:42. Nikita Rafalovichning bronza medali uchun jangi boshlanmoqda. Raqib - xorvatiyalik Toni Kanaet.
16:40. Muattar Nabieva 98 kg tosh ko'tardi va Olimpiada rekordini o'rnatdi! Dast ko'tarish mashqlarida bu ushbu vaznda rekord hisoblanadi. Dast ko'tarishni birinchi o'rinda yakunladik!
16:36. Muattar ikkinchi urinishda 98 kg toshni ko'tara olmadi.
16:29. Muattar Nabieva o'z ishtirokini boshladi. U dastlabki urinishda 95 kg tosh ko'tardi va birinchi natijani qayd etib turibdi.
15:59. Og'ir atletikachimiz Muattar Nabievaning chiqishi boshlanmoqda.
15:33. Birozdan so'ng, aniqrog'i soat 15:50 dan boshlab ayollar o'rtasida og'ir atletika bo'yicha (-55 kg) bahslar boshlanadi. Unda hamyurtimiz Muattar Nabieva medal uchun supachaga chiqadi.
15:25. Nikita Rafalovich bronza medali uchun xorvatiyalik Toni Kanaetga qarshi dayanga chiqadigan bo'ldi.
15:03. Fanat Qahramonovning jangi gruziyalik bokschining jarohati sabab ikkinchi raundda yakunlandi. Jang davomida Fanat Qahramonov ustunlik qilayotgandi. SHu sababli ham Qahramonov jang g'olibi deb elon qilindi.
14:48. Fanat Qahramonovning jangi boshlanishiga oz vaqt qoldi.
13:04. Rafalovichning bronza medal uchun jangi Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da boshlanadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi aniq emas.
12:58. Nikita Rafalovich yarim finalda iordaniyalik raqibga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza uchun kurashadi. Asosiy vaqt 11:11 hisobida yakunlangandi. Qo'shimcha vaqtda esa u zarba o'tkazib yubordi va imkoniyatni boy berdi.
12:45. Nikita Rafalovichning iordaniyalik raqibga qarshi jangi boshlanmoqda.
12:08. Taekvondo bahslarida -80 kg vazn toifasida ikkinchi yarim finalda rossiyalik Maksim Xramcov misrlik Saif Issa bilan to'qnash keladi.
11:58. Nikita Rafalovich Olimpiada finaliga chiqish uchun iordaniyalik Salex Elsharabatiga qarshi bahs yuritadi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 12:45da boshlanadi.
11:42. Nigora Tursunqulova uchun Olimpiada yakunlandi. Uning xitoylik raqibasi yutqazib qo'ydi va finalga chiqa olmadi. Agar Xitoy vakilasi finalga yo'l olganida hamyurtimizda bronza uchun kurashish imkoni bo'lardi. Ammo, bu amalga oshmadi.
11:36. Zaynab Dayibekova vengriyalik Anna Martonga qarshi jangni yakunladi va 11:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qayd etish lozimki, Anna Marton Olimpiya o'yinlarida to'rtinchi raqam ostida saralangandi. U musobaqada kutilganidan yaxshi ishtirok etdi va kuchli sakkiz nafar sportchi orasidan o'rin oldi.
11:25. Nikita Rafalovich ikki karra jahon chempioni, ozarbayjonlik Milad Beigi Xarcheganini 12:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Olimpiya o'yinlarining yarim finalga yo'l oldi!
10:36. Oldinda turgan ikkita muhim bahs:
Taekvondo: Nikita Rafalovich - Milat Xarchegani (Ozarbayjon) - 11:15 (chorak final)
Qilichbozlik: Zaynab Dayibekova - Anna Marton (Vengriya) - 11:25 (chorak final)
10:14. Dzyudo. Hikmatilloh To'raev koreyalik raqibga qarshi jang qildi va Golden Score'da imkoniyatni boy berdi. Afsus...
9:58. Uchinchi g'alabaaaa! Zaynab Dayibekova uchinchi jangida koreyalik raqibi ustidan 15:12 hisobida g'alabaga erishdi va chorak finalga yo'l oldi!
9:45. Zaynab Dayibekova uchinchi jangini boshlamoqda: raqib Janubiya Koreyadan. Bungacha Yaponiya va Xitoy vakillari mag'lub etilgandi.
9:26. Agar Nigora Tursunqulovaning xitoylik raqibi finalgacha etib bora olsa, hamyurtimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ladi.
9:13. Birozdan keyin dzyudochimiz Hikmatilloh To'raev jang qiladi. 9:30 dan so'ng esa qilichboz Zaynab Dayibekova bahs yuritadi. Nikita Rafalovichning jangi esa 11:15 ga belgilangan.
9:04. Taekvondochimiz Nikita Rafalovichning raqibi ozarboyjonlik Beygi Xarchenagi bo'ladi. Dzyudochi To'raev esa koreyalik An CHang Rimga qarshi kurashadi.
9:00. Dzyudochilarimizdan nihoyat g'alaba. -73 kg vaznli Hikmatilloh To'raev ilk davrada germaniyalik Igor Vantdekeni mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
8:59. Nikita Rafalovich ilk jangida Dominikan terma jamoasi azosi Moyzes Ernandes bilan to'qnash keldi va 17:7 hisobida g'alaba qozondi.
8:42. Afsuski Nigora Tursunqulova xitoylik raqibasiga qo'shimcha vaqtlarda yutqazib qo'ydi. U asosiy vaqtda 9:9 hisobini qayd etadi. Ammo qo'shimcha vaqtda undan omad yuz o'girdi.
8:27. Birozdan so'ng taekvondochilarimiz Nigora Tursunqulova va Nikita Rafalovich bahslarga kirishadi
8:03. SHaxobiddin Zoirov turkiyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi! Ajoyib g'alaba! U ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygandi.
7:50. Rio Olimpiadasi Zoirovning jangi boshlandi.
7:45. Birozdan so'ng bokschimiz SHahobiddin Zoirov turkiyalik Batuxan CHifchiga qarshi ringga ko'tariladi.
6:32. Qilichboz Zaynabning keyingi davradagi raqibi janubiy koreyalik Jisu Yon bo'ladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 9:30 dan so'ng boshlanishi kutilmoqda.
6:11. Zaynab Dayibekova xitoylik raqibasini 15:10 hisobida mag'lub etdi. Qayd etish lozimki, Dayibekova reytingda 35, Yaki SHao esa 3-raqam ostida saralangandi.
5:18. Birozdan so'ng Zaynab reytingda uchinchi raqam ostida saralangan xitoylik Yaki SHaoga qarshi bahs yuritadi.
5:13. Zaynab Dayibekova ilk bosqida mezbon sportchi CHika Aokiga qarshi jang qildi va 15:9 hisobida g'alaba qozondi! Ajoyib start!
5:04. Sportchilarimizning bugungi ishtirokini Zaynab Dayibekova boshlab beradi.
5:01. Assalomu alaykum sport muxlislari. O'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokiga oid matnli translyaciyani boshlaymiz.
26 iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
5:00 - Qilichbozlik: Zaynab Dayibekova
7:48 - Boks: SHahobiddin Zoirov
8:30 - Taekvondo: Nigora Tursunqulova
8:30 - Dzyudo: Hikmatillox To'raev
8:45 - Taekvondo: Nikita Rafalovich
15:00 - Boks: Fanat Qahramonov
15:50 - Og'ir atletika: Muattar Nabieva
Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan
Poster muallifi: Muxtasar Umarova
Fikrlar
Nikita raqibini 3 marta yutgan deb
dalbayoplar