So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

19 iyu 16:57
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi kuzdan koronavirusga qarshi kurash muhokamasini boshlaydi

Xabar berganimizdek, kecha ilk bor Xalqaro Olimpiya qo'mitasining 136-Sessiyasi onlayn ish olib bordi.

Uning davomida shu paytgacha tanlangan Olimpiya o'yinlarining poytaxt shaharlari (ham qishki, ham yozgi), tashkiliy qo'mitalari musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik bo'yicha o'z hisobotlarini ham topshirdilar. Ular orasida ko'pchilikning diqqat-etibori Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasining chiqishi bo'lgani shubhasiz. Tadbirda tashkiliy qo'mita Bosh kotibi Tosiro Muto bu haqida quyidagicha nutq qildi:

“Biz uchun eng asosiy masala koronavirusga qarshi kurashga chaqiruv chora-tadbirlari bo'lib turibdi. Biz bu borada hukumat va Tokio shahri rasmiylari, tashkiliy qo'mita rahbariyati ishtirokida muhokama formatini ishlab chiqamiz. Uning doirasida migracion nazorat, transportlarda infekciya tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari, sportchi va muxlislar yashash joylari, shuningdek, tibbiy tizimni tashkil qilish masalalari bosh yo'nalishlar bo'ladi”.

Tosiro Mutoning so'zlariga ko'ra, ushbu guruh faoliyati kuz faslidan boshlanadi. Eslatib o'tamiz, joriy yilning 24 iyul – 9 avgust kunlari bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Tokio Olimpiya o'yinlari koronavirus pandemiyasi sabab kelasi yilning 23 iyul – 8 avgust sanalariga qoldirilgan.

Hozirda butun dunyo bo'ylab 14 millionga yaqin insonda koronavirus infekciyasi aniqlangan bo'lib, ulardan 590 ming nafari hayotdan ko'z yumdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing