So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

01 noy 13:21
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Tokio uchun 135 ta licenziya, O'zbekistonda antidoping va boshqa masalalar. Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi

Teglar :  Tokio-2020Olimpiada
Bugun, 1 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi anjumanlar zalida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tokio shahri mezbonik qiladigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumanida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ raisi maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, vazirlik va MOQ mutasaddilari, bir qator sportchilarimiz hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.


Anjuman davomida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo'lida olib borilayotgan ishlar haqida malumot berildi. 

Jumladan Olimpiya o'yinlariga tayyorlanayotgan sportchilarga ko'rsatilayotgan etibor, farmakalogiya, dietologiya yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirildi. 

SHuningdek, Olimpiya sport turlarida yutuqlar qo'lga kiritgan sportchilarning OAVlarga imtiyoz asosida kirishi haqida ham tushuntirishlar berildi. 



Tadbir davomida O'zbekiston Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga nechta licenziya ko'zlayotgani haqidagi savolga javob berilar ekan, mutasaddilar bu borada kamida 135 ta licenziya rejalashtirilayotgani haqida gapirishdi. Nechta medal maqsad qilingani haqidagi savol esa ochiq qoldirildi. Ammo, imkon qadar Rio Olimpiadasidagi natija yaxshilanishi lozimligi alohida takidlandi. 

Anjumanda shuningdek O'zbekistonda antidoping masalasida olib borilayotgan ishlar, hududlarda ommaviy sportni rivojlantirish kabi masalalarga to'xtalib o'tildi.

Tadbirda boks bo'yicha  jahon chempionlari Bahodir Jalolov, SHahobiddin Zoirov, shuningdek eshkak eshish bo'yicha Osiyo o'yinlari sovrindori, Tokio Olimpiadasi uchun licenziyani naqd qilib qo'ygan Dilnoza Rahmatova  so'zga chiqib, ko'rsatilayotgan etiborga yarasha natija ham ijobiy bo'lishi haqida gapirib o'tishdi. 


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing