So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

25 iyu 14:02
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Tomas Bax: “Sport hayotni qutqarishi mumkin”

Teglar :  OlimpiadaTomas Bax
Olimpiya kunida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti jahondagi barcha odamlar va jamoalarni salomat bo'lishga undash maqsadida hamkorlikni davom ettirishmoqda.

Har 3 tashkilot rahbari o'rtasida o'tgan onlayn uchrashuvda XOQ prezidenti Tomas Bax shunday dedi:

“Sport hayotni qutqarishi mumkin. Keyingi bir necha oy ichida biz salomatlik va farovonlik uchun sport va jismoniy faollik naqadar muhimligini kuzatdik. Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda ish olib borib, oldinga yana bir qadam qo'yamiz. Olimpiyachi sportchilar hozir jahonga juda asqotadigan malumotlari va eng yaxshi amaliyotlari bilan baham ko'rishadi”.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish quyidagilarni qo'shimcha qildi: “COVID-19 pandemiyasidan tortib irqiy va ijtimoiy adolat uchun davom etayotgan kurash hamda iqlim inqirozigacha bo'lgan misli ko'rilmagan muammolar va o'zgarishlar ro'y berayotgan hozirgi sharoitda har qachongidan ham global birdamlik va umidga cheksiz ehtiyoj his etilmoqda. Olimpiya harakati va uning sportchilari insoniyat uchun qo'lidan kelgan hamma narsalarni qilib kelgan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro Olimpiya qo'mitasi hamda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bilan mamnuniyat ila hamkorlik qiladi hamda jahondagi barcha odamlarni birlashishga, salomat bo'lishga davat qiladi”.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreisus quyidagilarni qayd qildi: “Biz Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Olimpiyachilar COVID-19 bilan kurashishga qodir bo'lishi talab etilganidek, odamlar ham shunday matonatli bo'lishlarida sog'lom aholi manfaatlarini himoya qilish uchun bizga yordam beradilar”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing