07 may 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson: Men qaytdim!
Engil vazn toifasida vaqtinchalik sobiq UFC chempioni Toni Fergyuson yana oktagonga qaytganini elon qildi.
Amerikalik sportchi kecha Las-Vegas shahrida UFC rahbariyati, xususan tashkilot prezidenti Dana Uayt bilan uchrashib, rejalar yuzasidan suhbatlashgan.
Uchrashuvda Fergyusonning Ballengee Group kompaniyasidagi yangi menejerlari ham ishtirok etishdi. Hozircha aniq bir jang haqida gap-so'z yo'q. Lekin Toni Las-Vegasga tashrifini o'zining Instagram sahifasida keng yoritdi va “Men qaytdim” degan postni ham joylashtirdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar