So’nggi yangiliklar

18:03Раҳимова — спорт фуқаролигини ўзгартиргани ҳақида: "Рад этиб бўлмайдиган фойдали таклиф эди" 0 17:39Майкл Чендлер навбатдаги рақиби Царукян бўлиши мумкинлигини инкор этмади 0 17:17ТОП-10. 2025 йилнинг энг кўп даромад топган футболчилар. Роналду ва Месси ҳали ҳам етакчи 0 16:52Пэдди Пимблетт UFC 324 учун 100 минг доллардан ортиқ суммага чипта сотиб олди 0 16:26ООК 46-Бош ассамблеяси доирасида мамлакатимизга ташриф буюрган Осиё Паралимпия қўмитаси президенти Мажид Рашид билан учрашув бўлиб ўтди 0 16:04Australian Open. Камилла Раҳимова жуфтликда иккинчи ўйинини ўтказди 0 15:41"Челси" 150 минг фунт жаримага тортилди 0 15:20Царукян: "Чемпионлик жанги олиш учун нима қилишим кераклигини тушунмаяпман. Дана билан гаплашмоқчиман" 0 14:58Ўзбекистонлик муай-тай устасининг ONE FC Лигасида дебюти муддатидан аввал якунланди 0 14:35"Бу йигитлар титул учун курашаётгани кулгили". Царукян — Пимблетт ва Гэтжи жанги ҳақида 0 14:12"Челси" 150 минг фунт жаримага тортилди 0 13:51Дана Уайт: "Футбол – энг истеъдодсиз спорт тури" 0 13:30Ғалабали серия билан келаётган қирғиз UFC жангчисига рақиб берилди 0 13:09Фёдор Емельяненко Strikeforce лигасидаги мағлубиятлари сабабини очиқлади 0 12:48Скоулз "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисидан узр сўрашдан бош тортди 0

24 jan 17:17
Yangiliklar

Futbol

TOP-10. 2025 yilning eng ko'p daromad topgan futbolchilar. Ronaldu va Messi hali ham etakchi

Umumiy hisobda yulduzlar qariyb 1 mlrd dollar ishlab topishgan.

Pullar futbolda eng asosiy omillardan biri va yildan-yilga birinchi raqamli sportda kapitalizaciya oshib bormoqda. Klublar o'rtasidagi JCH mukofot puli — 2025 yil 1 mlrd dollar, Madridning "Atletiko" jamoasi akciyalarining boshqaruv paketi 1,4 mlrd $, yozgi TO rekord darajada pul sarflandi — "Liverpul" 500 000 000 $ sarflagan birinchi klubga aylandi. Mana shunday pul aylanmalari yuz berayotgan "dunyoda", futbolchilar ham qirollarga xos hayot tarzini kechirishlari mumkin.

"Forbes", "Sportico", "SportsPro", "Bloomberg" va sohaga aloqador boshqa nashrlarning malumotlariga ko'ra, 2025 yilda eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar o'nligi deyarli 1 mlrd dollar ishlab topgan.


1. Krishtianu Ronaldu — 280 mln dollar 

Bevosita maydonda — $ 230 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 50 mln

Fevralda portugaliyalik yulduz 41 yoshni qarshi oladi (bunga ishonish ham qiyin aslida), shu yoshida ham uncha-muncha futbolchidan qolishmayapti. Qaychi uslubidagi gollar 1000-talik dovonga tobora yaqinlashtirmoqda va homiylar tomonidan saqlanib turgan etibor tufayli portugaliyalik davlatini tobora orttirmoqda. Ayni damda "Sportico" Ronaldu faoliyati davomida ishlab topgan kapitalni 1,83 mlrdga baholamoqda.

Maydon tashqarisida Ronaldu CR7 brendi ostidagi biznesini rivojlantirmoqda, unga mehmonxona, fitnes-zallar va soatlar hisoblanadi, uning "YouTube"dagi UR Cristiano kanali obunachilari hozir 77,6 mln. "Two Circles" marketing agentligining malumotlariga ko'ra, barcha raqamli platformalarda umumiy obunachilar soni 1,04 mlrdni tashkil qiladi — dunyodagi boshqa hech bir insonda bunday ko'rsatkich yo'q.

2025 yil "Oltin to'p"ning besh karra sohibi mehmonxonalar tarmog'i "Pestana CR7"ning yangi manzilini ochib berdi — u Nyu-York shahri Manxettendagi o'sha mashhur Tayms-skverda joylashgan. Bundan tashqari forvard suniy intellekt bazasida ishlovchi qidiruv tizimini ishlab chiqqan hamda "Google" bilan raqobatlashuvchi "Perplexity AI" kompaniyasi bilan global shartnoma imzoladi imzoladi, bundan tashqari yozda Ar Riyodda o'tgan ESports bo'yicha jahon chempionati-2025ning (EWC) elchisi bo'ldi.


2. Lionel Messi — $ 135 mln

Bevosita maydonda — $ 60 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 75 mln

Argentinalik daho 38 yoshda nafaqat o'yinida keskin pasayish kuzatilmayapti, balki u MLSda ajoyib mavsum o'tkazdi. Leo eng yaxshi to'purar bo'ldi, "Inter Mayami"ga ilk chempionlik titulini taqdim etdi va liga tarixida birinchi bor ketma-ket ikki mavsum liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Yil yakunida u klub bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirdi.

SHuningdek, 2025 yil Messi "Smuggler Entertainment" bilan hamkorlikda o'zining prodyuserlik kompaniyasi "525 Rosario"ga (o'zi tug'ilib, o'sgan shahar va oilasining Argentinadagi manziliga ishora) asos soldi. Kompaniya tele va kinofilmlar ishlab chiqarish, sport voqealari va brend kontent yaratish bo'yicha ish olib boradi. Uning homiylik portfeliga "Lowe's" (uy uchun tovarlar do'konlar tarmog'i) va restoranlar tarmog'i "El Club de la Milanesa" qo'shildi. Bundan tashqari Messi futboldan keyingi hayotga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. U o'zining "Play Time Sports-Tech" firmasi orqali sport, media va texnologik startaplarga sarmoya kiritmoqda.


3. Karim Benzema — $ 104 mln

Bevosita maydonda — $ 100 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 4 mln

"Real"da o'tgan 14 yil davomida (2009 - 2023 yillar) Karim umumiy hisobda 200 mln evro ishlab topdi — keyin esa Yaqin SHarqdagi ikki yilda bu unchalik ham katta mablag' emasligiga amin bo'ldi. Keyingi yil yozda "Al Ittihod" bilan shartnomasi yakuniga etgach, uning umumiy daromadi va JCH-2030 elchisi sifatida ko'rgan bonus puli bilan 320 mln evroni tashkil qiladi, takidlamoqda Marca.

Benzema adidas, Hyundai, "EA Sports" va Crypto.com singari kompaniyalar bilan global shartnoma imzolagan, lekin Ronaldu va Messi bilan solishtirganda sariq chaqa ishlab topadi. SHunday bo'lsada, yaqinda u Pablo Pikassoning "Soqolli odam portreti" nomli mashhur asarini 1 mln evroga sotib olishiga halaqit qilmadi.


4. Kilian Mbappe — $ 95 mln

Bevosita maydonda — $ 70 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 25 mln

Dekabr oyi oxirida 27 yoshli Mbappe "Real"da bir kalendar yilida urilgan gollar soni bo'yicha Ronalduning rekordini (59) takrorladi va Madridda fantastik darajadagi futbol ko'rsatmoqda. Yangi yil arafasida hujumchi PSJga qarshi sud ishida yutgani kayfiyatni yanada ko'tarilishiga sabab bo'ldi — parijliklar Kilian 61 mln evro to'lab berishi borasida qaror qilindi.

Mbappe etakchi jahon brendlari bilan bir qator yirik tijorat shartnomalariga ega — "Nike", "Hublot", "Dior", "Oakley", "EA Sports", "Accor", "Sorare" va yana ko'plab boshqalar bilan. Bundan tashqari futbolchi o'zining investiciya kompaniyasi "Interconnected Ventures"ni boshqarmoqda. "Kan" futbol klubi va mediakompaniya "Zebra Valley" uning tarkibiga kiradi. 2025 u o'zining fondi orqali Germaniyaning elektronika ishlab chiqaruvchi "Loewe" kompaniyasiga sarmoya kiritdi.


5. Erling Xoland — $ 80 mln

Bevosita maydonda — $ 60 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 20 mln

2025 yilda norvegiyalik viking APLda 100 ta gollik dovonni zabt etdi — buning uchun unga bor yo'g'i 111 ta o'yin etarli bo'ldi (tabiiyki, hech kim undan tezroq bunday natijaga erisha olmagan). Erling Alan SHirerning 30 yillik rekordini (124 o'yin) yangiladi. Hujumchi chempionatning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisini to'liq oqlamoqda (yiliga 33,5 mln $), etiborli tomoni ko'plab bonuslar orqali bu summa 60 mln $ga etishi mumkin.

Erling "Breitling", "Dolce & Gabbana", "EA Sports", "Midea", "Samsung Galaxy", "Bama", "Db", "Beats by Dre" va boshqa brendlar bilan o'nlab shartnomalarga ega. "Sports Office AS" oilaviy kompaniyasidan tashqari, Xoland Lyuksemburgda ro'yxatga olingan shaxsiy investiciya firmasi "Pillage 3 AS"ni ham faoliyat olib borishini taminlamoqda.


6.Vinisius Junior — $ 60 mln

Bevosita maydonda — $ 40 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 20 mln

"Real" braziltiyalik vingeri o'zining brendi "VJR"ning faoliyatiga juda jiddiy yondashadi — uning jamoasiga o'nlab mutaxassislar, jumladan, agent, psixolog, imidjmeyker, shaxsiy murabbiy, suratchilar va boshqalar kiradi. SHunday ekan, Vini brendi SportsPro-ning 2024-yilgi 50 ta eng yirik “marketing yulduzlari” ro'yxatida gimnastikachi Simone Bilesdan keyin ikkinchi o'rinni egallashi unchalik ajablanarli emas.

Vinisius homiylari qatorida "Nike", "Hugo Boss", "Sony", "Prada Eyewear", "Gatorade", "PlayStation", "Pepsi", "Clear", "Vivo", "Betnacional" va "Dubai Tourism"larni ko'rish mumkin. Futbolchi daromadining katta qismini xayriya ishlariga sarflaydi. 2020 yilda u Rioda kambag'al hududlardagi bolalar va o'smirlarni o'qitish hamda rivojlanishi uchun yordam beradigan institutni qurib, loyihaga 3,5 million evro sarmoya kiritdi. Bundan tashqari, Vinisius "Common Goal" tashkiloti orqali daromadining 1%ni xayriya tashabbuslariga sarflaydi.


7. Muhammad Saloh — $ 55 mln

Bevosita maydonda — $ 35 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 20 mln

"Liverpul" bilan shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirgan Saloh ayniqsa, Yaqin SHarq va Afrikada juda foydali va keng ko'lamli homiylik bitimlarini ham imzolagan. U "Vodafone Egypt" ramziy elchisi, "Uber Egypt", MENA regionida DHL elchisi, "Bank of Alexandria" va "Mountain View" bilan hamkorlik qiladi. SHuningdek, uning hamkorlari ro'yxatida "adidas", "Pepsi", "Gucci" va "Oppo"ni ko'rish mumkin.

Salohning tijorat faoliyati faqat homiylik shartnomalari bilan cheklanmaydi. U shaxsiy moda brendi "Moga"ni rivojlantirmoqda (Muhammad va ayoli Gazalning ismlari qisqartirmasi) va "Whoop" kabi texnologik startaplarga sarmoya kiritdi. Vatanida Saloh maktablar, tibbiyot markazlari qurdiradi va aholi uchun toza suv qazib olish ishlarini tashkillashtirmoqda.


8. Sadio Mane — $ 54 mln

Bevosita maydonda — $ 50 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 4 mln

Mane xayriya ishlaridagi faolligi bo'yicha Vinisius va Salohdan qolishmasligi hech kimga sir emas. Hujumchi o'zi tug'ilib, o'sgan Senegaldagi Bambali qishlog'i infratuzilmasiga millionlab dollar sarmoya kiritgan. U kasalxona, maktab qurdirdi, 4G internet bilan taminladi, pochta bo'limi va yoqilg'i quyish shoxobchasi qurdirdi, shuningdek, qishloqdagi har bir muhtoj oilaga oyiga 70 evrodan to'laydi. 

«Al Nassr»dagi "kamtarona" maoshidan tashqari, Sadio homiylar "New Balance", "Pepsi", "Vodafone" va "Dubai Tourism" orqali yaxshigina pul ishlab topmoqda. SHuningdek, afrikalik Franciyaning to'rtinchi divizion vakili "Burj Fut 18" futbol klubini sotib oldi.


9. Jud Bellingem — $ 44 mln
Bevosita maydonda — $ 29 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 15 mln

Asosan sport brendlariga etiborini qaratgan ko'plab futbolchilardan farqli ravishda Bellingem faol tarzda moda olami gigantlari (Louis Vuitton, Gucci) bilan shartnoma imzolaydi. Bu uning modaga bo'lgan qiziqishini aks ettiradi va moda olamida unga bo'lgan talabni oshiradi.

SHuningdek, angliyalik futbolchi "adidas" bilan eng foydali shartnomalardan biriga ega — yarim himoyachi adidas Predator liniyasining asosiy yuziga aylandi, 2024 yilda kompaniya JB5 logotipi bilan shaxsiy kiyim va poyabzal kollekciyasini chiqardi. Natijada, Jud ushbu brend sotuvidan ulushga ega bo'ladi, bu esa ko'riladigan foydani bir necha barobarga oshirishi mumkin. Maykl Jordan yoki Krishtianu Ronalduda bo'lgani kabi.


10. Lamin Yamal — $ 41,8 mln

Bevosita maydonda — $ 31,8 mln
Tijoriy kelishuvlar orqali — $ 10 mln

18 yoshli «Barselona» vingeri chinakamiga yirik tijoriy mashinaga aylandi. U "adidas"ning asosiy ambassadorlaridan biri va maxsus F50 LY304 butsalariga ega. SHuningdek, "Visa", "Beats by Dre", "Powerade", "Oppo", "Konami", "TwoJeys" va "Nesquik" kompaniyalari kataloniyalikka homiylik qiladi.

SHartnomalarni imzolashda brendlar ijtimoiy tarmoqlarda Laminni kuzatib boradigan katta va yosh auditoriyaga etibor qaratadi. Hozirda barcha platformalarda umumiy hisobda 80 mln odam Laminni kuzatib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing