01 noy 10:54
Yangiliklar
Tosh ko'tarish bo'yicha jahon chempionatida 21 ta medal qo'lga kiritdik, 13 tasi oltin + FOTO
Dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkib bilan ishtirok etyapti. Kattalar o'rtasidagi bahslarda hamyurtlarimizdan Hamidullo Saidnazarov (63 kg), SHodilbek Ergashev (78 kg), Nuriddin Ergashev (85 kg) va Javohir Qurbonov (95 kg) jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritishdi.
Yoshlarimiz esa 13 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni band etishdi. Faxriylar o'rtasidagi bahslarda Vohiddin Najmiddinov jahon chempioni bo'ldi.
SHuningdek, jahon chempionati doirasida Xalqaro tosh ko'tarish federaciyasining Kongressi ham bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasi raisi Vohiddin Najmiddinov Ijroiya qo'mita o'rinbosarligiga saylandi.
Fikrlar