So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

15 dek 17:37
Yangiliklar

Futbol

Toshkent futboli - 100 yoshda! (+FOTO)

Sir emaski, futbol mamlakatimizdagi eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda millionlar o'yiniga ilk qadamlar 1912 yilda Qo'qon shahrida tashlangan bo'lsa, bundan aniq 100 yil oldin Toshkentda ham futbol o'z kurtaklarini yoya boshlagan. SHu davr mobaynida, qolaversa, sobiq Ittifoq yillarida ham poytaxt o'zbek futbolining markazi bo'lib xizmat qildi. Toshkentning "Paxtakor" jamoasi esa Ittifoq mamlakatlari klublari orasida o'ziga xos obro'-etibor qozongan. Joriy yilda Toshkent futboliga bir asr to'lgani keng nishonlanmoqda.

Kecha Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod uyi"da Toshkent futbolining 100 yilligi hamda Toshkent futbol associaciyasining (TFA) yil yakunlari bo'yicha taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov, TFA birinchi vice-prezidenti Azamat Abduraimov, shuningdek, futbol faxriylari va fidoyilari — Axrol Inoyatov, Birodar Abduraimov, Ahmad Ubaydullaev, Gennadiy Denisov, Mustafo Bilolov, Rauf Inileev, Mirzahakim To'xtamirzaev, Nodirxo'ja Yuldashev mehmon sifatida ishtirok etdi

— Avvalo, barchani Toshkent shahri futboli yuz yillik yubileyi bilan tabriklaymiz. Toshkent azaldan respublikamizda futbolchilarni etishtirib chiqarishda etakchi shahar bo'lib kelgan. Milliy terma jamoamiz hamda "Paxtakor" klubiga qanchadan-qancha yulduz futbolchilarni taqdim etgan. Hurmatli Prezidentimizning futbolga bo'lgan yuksak etibori tufayli terma jamoalarimiz tizimli ravishda musobaqalarga tayyorgarlik ko'rmoqda, Osiyo chempionatlarida sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritmoqda. So'nggi yillarda esa milliy jamoamiz Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib, 34 yillik orzusini ro'yobga chiqardi, — dedi O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov.

O'tgan mavsum "Bunyodkor" akademiyasi uchun ham sermahsul keldi. Akademiyaning turli yosh toifalaridagi jamoalari shahar chempionatida g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Akademiya direktori SHavkat Saidov bu borada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Toshkent futbolining yuz yilligi munosabati bilan o'tkazilgan taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Mavsum haqida gapiradigan bo'lsam, akademiyamiz "Bunyodkor" klubi qoshidagi filialga aylantirildi. Tizim o'zgartirildi, ammo asosiy vazifamiz terma jamoalarga sifatli futbolchilarni etkazib berish bo'lib qoldi. Tizim o'zgargach, bir oiladek ahil muhit yarata oldik. "Bunyodkor" O'zbekistondagi etakchi klublardan biri hisoblanadi. Mavsum davomida ko'plab o'yinlarni shaxsan o'zim kuzatdim. O'FA akademiyalari faoliyati ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Joriy yil hisobidan akademiyamizda 1,5–2 ming nafarga yaqin bola muntazam shug'ullandi. "Bunyodkor"ning bugungi yutuqlari zamirida ahil jamoa bo'la olganimiz, tizimning samarali ishlagani, aniq talab va dasturlar, shuningdek, murabbiylarimizning vijdonan mehnati yotadi, — dedi SHavkat Saidov.


Miraziz Mirzaahmedov boshchiligidagi "Bunyodkor–2011" jamoasi uchun ham o'tgan yil yutuqlarga boy bo'ldi. «Qaldirg'ochlar» qator xalqaro musobaqalarda va ichki turnirlarda barqaror yuqori o'rinlarni egallashga muvaffaq bo'ldi.

— O'tgan mavsum 2011 yilda tug'ilgan yosh jamoamiz uchun juda samarali o'tdi, deya ayta olaman. Ilk sovrinimizni Qozog'istonda turkiy davlatlar jamoalari o'rtasidagi musobaqada qo'lga kiritdik. Xitoyda o'tkazilgan turnirda ham jamoamiz yaxshi taassurot qoldirib, uchinchi o'rinni egalladi. Respublika va shahar chempionatlarida ham o'zimizni munosib ko'rsata oldik. Statistikaga nazar tashlasak, 26 ta o'yindan faqat bittasida mag'lub bo'ldik, — dedi Miraziz Mirzaahmedov.

Tadbir yakunida Toshkent futboli taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan murabbiylar, futbol mutaxassislari, hakamlar hamda yoshlar futboli rivojiga hissa qo'shib kelayotgan tashkilot va shaxslar maxsus sovrin va esdalik tuhfalari bilan taqdirlandi. Faxriylarga ko'rsatilgan etibor, yosh avlod vakillariga bildirilgan ishonch marosimga o'zgacha mazmun bag'ishladi. Bu lahzalar tadbir ishtirokchilarida katta hayajon uyg'otdi.

Aytib o'tish joiz, bugungi kunda Toshkent shahri nafaqat professional futbol, balki bolalar-o'smirlar futboli bo'yicha ham mamlakatda etakchi o'rinni egallab kelmoqda. Poytaxtdagi akademiyalar, xususiy futbol maktablari va sport muassasalari orqali minglab iqtidorli yoshlar futbol sirlarini o'zlashtirmoqda. Ushbu tizim esa kelajakda milliy terma jamoalar uchun mustahkam poydevor vazifasini o'tab beradi.

Toshkent futbolining 100 yillik tarixi — bu nafaqat sanalar va natijalar, balki minglab taqdirlar, mehnat, sabr va fidoyilik timsolidir. Bir asrlik yo'l davomida poytaxt futboli o'z maktabini yaratdi, o'z uslubini shakllantirdi va hali oldinda uni yangi zafarlar, yangi yutuqlar kutmoqda.

Yubiley tadbirining o'tkazilishi esa o'tmishga hurmat, bugungi kunga baho va kelajakka ishonch sifatida tarixda qolishi shubhasiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing