30 iyu 10:25
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Toshkent ilk bor suzish bo'yicha Jahon kubogi bosqichini qabul qiladi
Bu haqdagi qaror World Aquatics tashkilotining Singapurda davom etayotgan Kongressida qabul qilindi.
Kecha xabar berganimizdek, Kongress davomida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari SHahnoza Mirziyoeva World Aquatics Ijroiya qo'mitasi Byurosi azoligiga saylangan edi.
Kongressda shuningdek, suzish bo'yicha Jahon kubogining 2026 yilgi bosqichlari uchun mezbonlar aniqlab olindi. Tadbirda Jahon kubogining barcha bosqichlari "Ipak yo'li" nomi ostida o'tkazilishi belgilab olindi.
Musobaqalar Ozarbayjon, O'zbekiston (Toshkent) va Qozog'istonda o'tkazilishi elon qilindi.
Tashkilotchilarning takidlashicha, bahslar 25 metr uzunlikdagi basseynlarda o'tkaziladi. Musobaqalarning aniq taqvimi har uchchala mezbon federaciya bilan kelishgan holda tuziladi.
Havola :
Manba : WorldAquatics.org
Fikrlar