So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

15 iyu 09:32
Yangiliklar

Voleybol

Toshkentda voleybol bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi "JAR" sport-sog'lomlashtirish majmuida voleybol bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Osiyo voleybol konfederaciyasi hamda Markaziy Osiyo voleybol associaciyasining 2023 yilgi taqvim rejasiga asosan ikkita yirik musobaqa o'tkazilyapti. Ulardan biri yoshlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati bo'lsa, ikkinchisi 16 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar ishtirokidagi Osiyo chempionatidir.

Markaziy Osiyo chempionatida 5 ta mamlakat, Osiyo chempionatida esa qitaning 20 davlati terma jamoalari ishtirok etyapti. Kecha yoshlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati bahslariga start berildi. 

SHu kunning o'zida musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham bo'lib o'tdi. Unda Osiyo voleybol associaciyasi, yoshlar siyosati va sport vazirligi, mamlakat voleybol federaciyasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Bugun qizlar o'rtasida O'zbekiston-1 hamda O'zbekiston-2, Qozog'iston va Tojikiston jamoalari o'rtasida bellashuvlar bo'lib o'tadi. O'g'il bolalar o'rtasidagi bahslar kunning ikkinchi yarmida o'tkazilishi rejaga kiritilgan. Unda Eron - Qozog'iston, O'zbekiston - Pokiston jamoalari o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazadilar.

O'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionati bahslari 19 iyul sanasida nihoyasiga etadi. 20-30 iyul kunlari esa 16 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida Osiyo chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing