03 mar 08:07
Yangiliklar
Futbol
"Tottenxem" katta miqdorda jarima to'laydi
UEFA Intizom qo'mitasi "Tottenxem"ni Liga chempionining umumiy bosqichi 8-turida "Ayntraxt"ga qarshi o'yin vaqtida muxlislarning diskriminacion xatti-harakatlari uchun 30 ming evro miqdorida jarimaga tortdi.
O'yin "Tottenxem"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.
BBC malumotlariga ko'ra, o'yin davomida "Tottenxem" muxlislaridan uch nafari nacistcha salom bergan. Jarimadan tashqari, klubga shartli ravishda UEFA qo'l ostidagi keyingi safar o'yiniga muxlislar uchun chiptalar sotmaslik taqiqlandi. Ushbu taqiq uchun sinov muddati qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yilni tashkil etadi. SHuningdek, "Tottenxem" maydonga narsa tashlagani uchun 2250 evro jarimaga tortildi.
Havola :
Manba : UEFA.com
Fikrlar