17 jan 17:31
Yangiliklar
Futbol
"Tottenxem" Konte bilan shartnomani uzaytirmasligi mumkin
"Tottenxem" bosh murabbiy Antonio Konte bilan hamkorlikni davom ettirmaslik ehtimoli bor.
Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, klub jamoaning hozirgi formasidan xavotirda bo'lgani uchun murabbiyning kelajagi xavf ostida.
53 yoshli mutaxassisning bitimi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Agar natijalar o'zgarmasa, klub shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi.
20-turdan keyin "Tottenxem" 33 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Peshqadam — "Arsenal" (47 ochko).
Havola :
Fikrlar