So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

11 mar 16:33
Yangiliklar

Futbol

Tramp Eronning JCH-2026`dagi ishtiroki bo'yicha so'nggi so'zini aytdi

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSH davlat rahbari Donald Tramp bilan o'tkazgan rasmiy uchrashuvi tafsilotlarini malum qildi.

Unda asosiy etibor mundialga tayyorgarlik va Eron terma jamoasi atrofidagi murakkab siyosiy vaziyatga qaratilgan.

Uchrashuv tafsilotlari va Eron masalasi:

Infantino FIFAning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida suhbat natijalari haqida shunday yozib qoldirdi:

"Bugun kechasi men Qo'shma SHtatlar prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, boshlanishiga bor-yo'g'i 93 kun qolgan FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildik.

Biz, shuningdek, Erondagi hozirgi vaziyatni va Eron terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma olganini ham gaplashdik. Suhbat davomida prezident Tramp Eron terma jamoasi Qo'shma SHtatlarda bo'lib o'tadigan turnirda, shubhasiz, ishtirok etishi mumkinligini yana bir bor tasdiqladi".

"Futbol dunyoni birlashtiradi"

SHuningdek, FIFA rahbari sportning tinchlik elchisi ekanligiga alohida urg'u berib o'tdi:

"Hozir har qachongidan ham ko'proq bizga odamlarni birlashtira oladigan Jahon chempionati kabi katta voqea kerak. Qo'llab-quvvatlagani uchun Qo'shma SHtatlar prezidentiga chin dildan minnatdorchilik bildiraman — bu futbol dunyoni birlashtirishining yana bir yorqin isbotidir".

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing