19 may 18:10
Yangiliklar
Trampning erkatoyi UFC rosteridan chiqarildi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Kolbi Kovington UFC rosteridan chiqarildi va promoushenning rasmiy saytida faoliyatini yakunlagan jangchi sifatida qayd etildi.
Kovington MMA’dagi faoliyatini 2012 yilda boshlagan, UFC’da esa 2014 yilda debyut qilgan. Uning eng yaxshi seriyasi ettita g'alabadan iborat bo'lgan va yarimo'rta vaznda bir yildan ortiq chempionlik kamariga egalik qilgan.
Biroq u so'nggi oltita jangining to'rttasida mag'lub bo'ldi. Oxirgi marta UFC 272 turnirida Xorxe Masvidal ustidan g'alaba qozongan. SHundan keyin 2024 yilda Leon Edvards va Xoakin Bakliga yutqazgan.
2026 yil mart oyida Kovington UFC’ning Oq uydagi turniri kardiga kiritilmaganidan norozi ekanini bildirgan edi.

Fikrlar