03 apr 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Trilogiya bo'ladi! Pore - Makgregor 3 jangi sanasi malum
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore ikki vaznda sobiq tashkilot chempioni Konor Makgregorga qarshi uchinchi jang shartnomasiga imzo chekdi.
Trilogiya 10 iyul kuni UFC 264 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Hozircha Makgregorning jang shartnomasiga o'z imzosini qo'ygani haqida aniq xabar yo'q. Lekin shunisi aniqki, bu jangning o'tkazilishini Poredan ko'ra ko'proq Konor xohlagan.
Eslatib o'tamiz, ilk jang 2014 yilda o'tkazilib, unda irlandiyalik birinchi raundning o'zida Dastinni nokautga uchratgandi. Revansh shu yilning yanvarida o'tkazildi va bu safar Pore ikkinchi raundda Konorni nokaut bilan mag'lub etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar