26 dek 09:51
Yangiliklar
Futbol
Turkiya Prezidenti: “Ronaldu falastinliklarni qo'llab-quvvatlaydi. JCH-2022 vaqtida unga sankciyalar qo'yishdi”
Turkiya davlati rahbari Rajab Toyib Erdo'g'an Portugaliya TJ sardori Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
- Avvalroq, Ronaldu va Messi orasidan Krishtianuni tanlayman degandingiz. Argentina TJning Qatardagi ishtirokidan keyin fikringiz o'zgarganmi?
- Ularni solishtirish bizga to'g'ri kelmaydi. Albatta, Ronalduni hisobdan chiqarishdi. Afsuski, unga nisbatan siyosiy sankciyalar qo'llanildi. Uni olib tashlashdi.
Bu darajadagi o'yinchini 2-bo'limning 15 daqiqasi yoki yarim soatida tushirib, uning psixologiyasini buzishdi, energiyasini tortib olishdi.
Ronaldu – falastinliklarni qo'llab-quvvatlaydi, degan Erdo'g'an Erzurumdagi nutqida.
Havola :
Fikrlar