So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

20 noy 07:11
Yangiliklar

Futbol

Turkiya qurilish kompaniyalari Yangi Toshkent Markaziy futbol stadionini qurmoqchi

Teglar :  O'FATurkiya
O'zbekiston futbol associaciyasida Turkiyaning etakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv davomida Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari — "KOC Construction” va “Bahadir Kul Architects” vakillari O'zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohi bo'yicha o'zlarining konceptual loyihalarini taqdim etdilar.

Taqdimot jarayonida mehmonlar stadionning arxitektura echimlari, konstruktiv imkoniyatlari, muxlislar uchun yaratiladigan zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, sportchilar hamda texnik xodimlar uchun mo'ljallangan ichki majmualar haqida batafsil malumot berdilar.

O'FA rahbariyati loyiha bo'yicha o'z taklif va tavsiyalarini bildirib, stadion qurilishida barcha texnik meyorlar va jarayonlarning FIFA talablariga to'liq mos bo'lishi zarurligini alohida takidladi. SHuningdek, muxlislar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.

Malumot uchun, "KOC Construction” kompaniyasi yaqindagina Terma jamoalar milliy markazini qurib, topshirgandi. “Bahadir Kul Architects” kompaniyasi "Konya", "Frayburg" kabi stadionlar loyihalarining muallifi hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing