So’nggi yangiliklar

15:21"Барселона" Бернарду Сильвани текинга ҳам олишга тайёр эмас 0 15:00Жервонта Дэвисга қўйилган жиноий айбловлардан бири олиб ташланди 0 14:39Велотрек: Осиё чемпионатида яна 4 та медаль қўлга киритилди 0 14:18UFC Сиэттл турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 13:57"Реал"нинг апелляцияси рад этилди — Маrca 0 13:05Адесанья Пайфердан учралган мағлубиятга муносабат билдирди 0 12:22Бугун Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири"даги иштирокини бошлайди 0 11:44Дана Уайт Макгрегорнинг қайтиши ва Махачевнинг навбатдаги жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:00Салоҳ Италия чемпионатига қайтиши мумкин 0 10:19Арман Царукян Пулласни реваншда ҳам мағлуб этди 0 09:45Себастьян Фундора ва Кит Турман жанги 6-раундда якунланди 0 08:30UFC Fight Night 271. Исраэль Адесаньяни техник нокаутга учратишди 0 06:58Мадагаскар Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 06:37Майами WTA 1000 турнири бош соврини ҳамда "лимон" кимга насиб этди? 0 06:16Мозес Итаума - Жермейн Франклин жангида нокаут қайд этилди 0

25 okt 18:15
Yangiliklar

Futbol

U-17 Osiyo kubogi saralashi. O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondi

U-17 Osiyo kubogi saralashi doirasidagi Xitoy Taypeyi - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Birinchi turda Falastinni 3:0 hisobida mag'lub etgan O'zbekiston 2-turda saralash mezboni Xitoy Taypeyiga qarshi maydonga tushdi. O'yinning 61-daqiqasida Abubakir SHukurullaev tomonidan kiritilgan yagona gol o'smirlarimizga muhim g'alabani taqdim etdi.

Guruhning ikkinchi o'yinida Iroq Falastin ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozondi. So'nggi turda 6 tadan ochkoga ega bo'lgan O'zbekiston va Iroq Osiyo kubogi yo'llanmasi uchun maydonga tushadi. G'olib guruh g'olibligi bilan birga Osiyo kubogiga ham chiqadi. Durang natija ham Iroqni birinchi o'rinda qoldiradi. Ikkinchi o'rinni egallagan jamoa esa boshqa guruh natijalarini kutishga majbur bo'ladi.

Xitoy Taypei - O'zbekiston 0:1

Hakamlar: G'ulomrizo Adibi, Alirizo Moradi (ikkisi Eron), Ahmed Hassan (Maldiv orollari), Muhammad Ahmad Al Mazyed (Qatar)
Nazoratchi: Suhbir Singh (Singapur)
Komissar: Jeyson SHin (Koreya Respublikasi).

Gol: Abubakir SHukurullaev 61, - 0:1 (Muhammad Habibullaev).

Xitoy Taypei: 18.CHo Vei Deng, 3.Kao Yuan YU, 4.Lin Min Dong, 7.Tai Zix Xan, 8.Pan Xung CHix (s), 14.Vu YU Ting, 15.CHeng yu CHen, 17.Tsai Fu YU, 19.Li Vei CHeng, 21.CHen Yen YU, 23.Sung CHi CHan.
Zaxira: 1.CHen Jing Vei, 5.CHang CHen, 6.Ku CHeng Xao, 9.Xuang Yi Xsuan, 10.Jang Tian Jyun, 11.Lu Yi Xung, 12.Yang Xao Vei, 13.Xo YU YU, 16.CHu Xung Ting, 20.CHeng CHix Xsuan, 22.Liu SHen.

O'zbekiston: 1.Ibrohim SHokirov, 2.Hojiakbar Yusufboev, 3.Sardor Tulaganmirzaev, 4.Mo'minxon Bahodirxonov (S), 6.Miraziz Abdukarimov, 7.Sadriddin Hasanov (20.Sardorbek Fayzullaev, 70), 9.Nurbek Sarsenbaev (17.Jamshidbek Rustamov, 57), 11.Sayfiddin Sodiqov (23.Amirsaid Kamolxonov, 70), 15.Muhammadali Musahonov, 18.Abubakir SHukurullaev (16.Eldor Naimov, 79), 19.Azizbek Erimbetov (10.Muhammad Habibullaev, 46).

Ogohlantirish: Muhammadali Musahonov 64.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing