07 sen 07:32
Yangiliklar

U-17 xalqaro musobaqasi. O'zbekiston Kanadani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etdi
O'zbekistonlik futbolchilar 2-tur doirasida kanadalik tengdoshlariga qarshi to'p tepishdi va asosiy vaqtda durangga erishishdi - 2:2.
Musobaqa reglamentiga ko'ra penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va unda vakillarimiz 6:5 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollarga Abdusamad Saidov va Sadriddin Hasanov mualliflik qildi.
Malumot uchun, Islom Ismoilov shogirdlari ilk turda Angliya terma jamoasiga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
U-17 xalqaro musobaqasi
Kanada – O'zbekiston 2:2 (penaltilar bo'yicha – 5:6)
Ispaniya. "Antonio Galyardo" stadioni
Gollar: Abdusamad Saidov, Sadriddin Hasanov
O'zbekiston: 1.Ibrohim SHokirov, 3.Muhammad Hakimov, 4.Mo'minxon Bahodirxonov, 10.Muhammad Habibullaev, 11.Sayfiddin Sodiqov, 14.Behruz Saidmurodov, 15.Muhammadali Musaxonov, 16.Azizbek Abdumo'minov, 18.Abubakir SHukurullaev, 19.Azizbek Erimbetov, 20.Asilbek Aliev.
Zaxira: 12.SHohjahon Saidqulov, 21.Nematulloh Rustamjonov, 2.Mo'minjon SHuhratov, 5.Amirxon Muradov, 6.Miraziz Abdukarimov, 7.Sadriddin Hasanov, 8.Abdusamad Saidov, 9.Nurbek Sarsenbaev, 13.Oyatillo Qaytmasov, 17.Jamshidbek Rustamov, 22.Faridjon Abdullaev, 23.Hojiakbar Yusufboev.
Fikrlar