So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

13 jan 12:12
Yangiliklar

Futbol

"U o'zgacha o'yinchi, Top transfer". Pep Gvardiola Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida anchagina iliq fikrlar bildirib o'tdi.

"U tezkor o'yinchi edi, hamon tezkor o'yinchi - hech narsa o'zgarmadi. U juda ishonchli. Franciyada olti oy davomida yuqori darajada o'ynadi va bu erga keldi - bu oson emas.

Ammo, menimcha u o'zgacha o'yinchi. Bizning o'yin uslubimiz uchun juda, juda o'zgacha o'yinchi, u bizga juda ko'p yordam beradi, chunki biz yuqoriga ko'tarilib o'yin ko'rsatamiz. Orqadagi barcha poziciyalarda juda yaxshi harakat qilmoqda. Menimcha, u bunday harakatlarni qilishni yaxshi ko'radi.

Nima qilish kerakligini bosqichma-bosqich tushunish; bizga to'p bilan ishlash jarayonida u kerak, u buni uddalaydi. U juda yosh. U o'rgatish, tushuntirish juda oson bo'lgan yigit. U doim yaxshi mashq qiladi. 100%.

Top transfer. Men o'tgan mavsumda klub uni sotib olish bo'yicha ajoyib qaror qabul qilganini aytdim. U transfer bozoriga qo'yadigan bo'lsangiz, Top-10 jamoalar uni xohlaydigan yigit. CHunki unda noyob hislat bor. Himoyachilarda topish juda qiyin bo'lgan o'ziga xos xususiyatlar".


U ingliz tilida bemalol gaplasha olyapti. Hamma narsani tez o'rganib oladi. "Bir qadam yuqoriga ko'tarilish uchun "Men o'ylaganimdan ham yaxshiroqman", - deb fikrlashi kerak. Men unga doimo haqiqatda juda yaxshi ekanligini aytib ruxlantirishga harakat qilaman.

U uzun paslarni ijro etadi, uzoq masofaga uzatmalari yaxshi, chiziqlarni juda yaxshi kesadi, aqlbovar qilmas tezlikka ega. SHunchaki ko'proq jasorat kerak. Bu vaqt masalasi. U hali juda yosh. U qancha ko'p o'ynasa, shuncha ko'p tajriba orttiradi".


Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Husanov "Manchester Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing