24 sen 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Uallin Fyuriga qarshi revansh istamoqda
Superog'ir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi Otto Uallin sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi revansh jangida ishtirok etmoqchi.
“Revansh birinchi jangdan ko'ra yaxshiroq bo'ladi. Otto ikkinchi jangda yaxshiroq harakat qiladi. U Fyurining uslubini yaxshilab o'rganib oldi. Uallin revansh jangida Fyurini mag'lub etishiga ishonaman. Hech bo'lmaganda durrang bo'ladi”, - dedi Ottoning menejeri Dmitriy Salita.
Eslatib o'tamiz, Uallin 14 sentyabr kuni Tayson Fyuriga qarshi kechgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar