28 avg 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83125_220.jpg)
Uaylder: Avval Ortis va Fyuri, keyin esa kamarlarni birlashtiraman
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder kelajak uchun rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Ortisga qarshi jang tashkil etiladi. U bilan to'qnashish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman. Uni nokaut qilganimdan so'ng Fyurini do'pposlayman. Keyin esa kamarlarni birlashtiraman", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder - Ortis jangi noyabr oyida bo'lib o'tadi. Deonteyning Fyuri bilan revanshi esa 2020 yilning fevral oyiga rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar