19 dek 16:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder – Fyuri jangidan qancha foyda olish mumkinligi malum qilindi
22 fevral kuni bo'lib o'tadigan Uaylder – Fyuri o'rtasidagi revansh jangidan katta miqdorda pul ishlab olinadi.
Bu haqida promouter Bob Arum malum qildi. Uning fikricha, ushbu jangdan tashkilotchilar 100 million dollar foyda olishadi. Bu esa superog'ir vazn toifasida bo'lib o'tgan janglardan olingan foyda bo'yicha eng katta ko'rsatkichlardan biri bo'ladi.
Malumot uchun, eng katta daromad 2002 yili bo'lib o'tgan Lennoks Lyuis va Mayk Tayson o'rtasidagi jangdan olingan. O'shanda tashkilotchilar 110 million dollarga ega bo'lishgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar