29 mar 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

“Uaylder Fyuriga qarshi jangda zombidek harakat qildi”
Boks afsonasi Mayk Tayson Deontey Uaylderning Tayson Fyuriga qarshi kechgan bahsini esga oldi.
“Uaylder birinchi jangidagi boksini ko'rsatib bera olmadi. 2018 yilda u g'alaba qozonishi mumkinligiga ishongandi. Lekin ikkinchi jangida zombidek harakat qildi. U o'sha kuni o'zida emas edi. Ikki yil avvalgi Deontey endi yo'q.
G'alabaga doim imkon bo'lgan. Faqatgina bu sening g'alaba qozonishni qanchalik istashingga bog'liq. Agar Uaylder yana cho'qqiga chiqishni istasa, barchasi o'zini qo'lida ekanligini unutmasligi lozim”, - dedi Tayson.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar