14 okt 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Fyuriga "qonli oqshom" vada qildi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi kechadigan revansh jangi haqida gapirdi.
Rejaga ko'ra ushbu jang 2020 yilning fevral oyida o'tkazilishi kerak. Britaniyalik bokschi Otto Uallin bilan bo'lib o'tgan jangidan so'ng to'g'ri kasalxonaga olib ketilgandi.
"Asosiy maqsadim - Otto jarohat etkazgan joyga zarba yo'llashdan iborat bo'ladi. Nafaqat avvalgi yorilgan qoshi, balki ikkinchi tomonidan ham tuynuk ochib qo'yaman. Bir so'z bilan aytganda Fyuriga "qonli oqshom" vada qilaman. Ahmoq, yaxshilab xordiq chiqarib ol! O'sha tun sening hayotingdagi eng uzoq davom etgani bo'ladi", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder 23 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Luis Ortisga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar