24 may 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshua ishtirokidagi jangga borishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder asosiy raqibi Entoni Joshuaning navbatdagi jangiga taklif etildi.
WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlari sohibi bo'lgan Joshuaning promouteri Eddi Xirn Uaylderga rasmiy taklifnoma jo'natgan. Entoni 1 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahrida Endi Ruisga qarshi ringga ko'tariladi.
"Uaylder jangga taklif qildik. Lekin u keladimi yoki yo'q, buni bilmayman. Agar kelsa, Joshua - Uaylder jangini muhokama qilib olamiz. Bu jang Entoni uchun ham katta tavakkal. CHunki u yutqazib qo'yishi ham mumkin. Biz tavakkalga boryapmiz, lekin Deontey bunday qila olarmikan? Hamma gap shunda.
Gonorar qanday taqsimlanadi? 50/50? Uaylder bunga munosibmikan? SHaxsan men bunday fikrda emasman. Deontey, biz seni Nyu-Yorkda kutyapmiz", - dedi Xirn.
Havola :
Fikrlar