25 may 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshua - Ruis jangiga kelmasligini malum qildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder promouter Eddi Xirnning taklifiga rad javobini berdi.
Xirn uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshuaning promouteri bo'lib, u Uaylderni mijozining Endi Ruisga qarshi 1 iyun kungi o'tkaziladigan jangiga taklif qilgan edi. Ammo, Deontey bu taklifga rad javobini berdi.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Uaylder keyingi jangini aniq Joshuaga qarshi o'tkazmaydi. Odatda bokschilar o'z raqiblarining jangini bevosita arenada tomosha qilishadi. Joshua - Ruis jangi 1 iyun kuni Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar