31 may 17:41
Yangiliklar

Uaylder King Kong bilan revansh jangi haqida gapirdi
Ortis uchun bu revansh jangi bo'ladi. Bokschilarning ilk jangida Uaylder o'ninchi raundda raqibini texnik nokautga uchratgan edi. Lekin ettinchi raundda Deonteyning o'zi nokdaunga tushib qolgandi.
"2019 yilda o'zim xohlagan, yani Joshuaga qarshi jangim o'tkazilmadi. SHunday bo'lishini bilardim. Endi nima uchun Ortisga revansh uchun imkoniyat bermasligim kerak? Hozir katta jangni kutib o'tirsam, vaqtim zoe ketib qoladi. Men Joshuaning bironta gapiga ishonmayman. SHundan kelib chiqib ayni paytda o'zim uchun munosib raqib deb hisoblaganim Ortisni tanladim", - deya Uaylderning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Los Angeles Times.
Malumot uchun, Uaylder va Ortis o'rtasidagi revansh jangi 7 yoki 28 sentyabr kunlari AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar