04 avg 15:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: "Klichko haqiqiy chempion qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatib qo'ydi"
WBC yo'nalishida superog'ir vazn toifasi chempioni hisoblanadigan Deontey Uaylder Vladimir Klichkoning faoliyatini yakunlash borasidagi qaroriga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"CHempion Vladimir Klichkoga salom. Bro, sening aqlbovar qilmas faoliyating bor. Bu haqida yillab gapirish mumkin.
Sen kuch va erkaklik nima ekanligini qo'rsatgansan. Butun dunyoga haqiqiy chempion qanday bo'lishini ko'rsatib qo'ygansan.
Yangi faoliyatingda Xudo yor bo'lsin. Oilang bilan ajoyib damlarni o'tkazgin", - deya xabar qoldirgan Uaylder Tvitterdagi sahifasida.
Havola :
Manba : twitter.com/BronzeBomber
Fikrlar