23 mar 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder vs Fyuri: Trilogiya bo'lmaydi
WBC chempioni Tayson Fyuri hamda ushbu kamarning sobiq egasi Deontey Uaylder o'rtasidagi uchinchi jangning o'tkazilishi katta so'roq ostida qoldi.
Britaniyalik bokschining promouteri Frenk Uorren trilogiyaning iyul oyida o'tkazilishiga ishonmayapti. Uorren koronavirus pandemiyasi amerikalikka qarshi kechishi rejalashtirilgan jangning o'z vaqtida o'tkazilishiga to'sqinlik qiladi.
"Ayni holatda trilogiyaning o'tkazilish foizi nolga teng. Nafaqat iyul oyida, balki kuzgacha ham jangni o'tkazishning imkoni yo'q. Uchinchi jangni Las-Vegas shahrida o'tkazishni rejalashtirgandik. Lekin achchiq haqiqat shuki, AQSH sog'liqni saqlash sohasidan ko'ra harbiy yo'nalishga katta pul sarflayapti", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar