23 iyu 08:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder vs Fyuri. Trilogiya shu yili o'tkaziladi!
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder hamda amaldagi WBC kamari sohibi Tayson Fyuri o'rtasidagi uchinchi jang joriy 2020 yilda o'tkaziladi.
Bu haqida amerikalik bokschining menejeri SHelli Finkel malum qildi.
“Uaylder Fyuriga qarshi shu yilning so'nggida to'qnash keladi”, - dedi SHelli.
Eslatib o'tamiz, Uaylder 22 fevral kuni Taysonga imkoniyatni boy bergan va faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan edi. SHuningdek, uzoq vaqt davomida egalik qilib kelgan WBC kamarini ham Fyuriga qo'sh-qo'llab topshirgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar