12 mar 20:40
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uayt Fyurini nokautga uchratadi"
Britaniyalik promouter Eddi Xirn superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri va majburiy davogar Dillian Uayt o'rtasidagi jangga o'z taxminini bildirdi.
"Uayt nokautga uchramaydi. Menimcha, Fyuri Dillian Uaytni nokaut etishga qodir zarbaga ega emas. Agar ular chapdan zarbalar almashinuvi qilishsa, Fyuri "uxlab qoladi", bu o'n birinchi raundda sodir bo'ladi", - dedi Xirn DAZN nashriga bergan intervyusida.
Eslatma uchun, Xirn uzoq vaqtdan buyon Dillian Uayt bilan hamkorlik qilib keladi, ammo u bilan promouterlik shartnomasiga ega emas. SHunday ekan, Fyurining promouterlari tashkil etayotgan Uayt - Fyuri jangiga Xirnning hech qanday aloqasi yo'q.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar