30 apr 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt: Meni qo'rqoq yoki oson raqib deb atamang
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt meksikalik Endi Ruisga javob qaytardi.
"Eddi Xirn Rius bilan jangni tashkil etishga harakat qilgani haqiqat. U 4 million dollar taklif qildi va "Agar bu etarli bo'lmasa biz 5 million beramiz va jangni tashkil qilamiz" dedi. Tushunishim bo'yicha byudjet 5 million edi. Ruis esa vazn tashlash uchun vaqt kerakligi, so'nggi jangida ortiqcha vazn bilan harakat qilgani haqida gapirdi.
Men "so'nggi jangimda 8 kilogramm ortiqcha vaznga ega edim. Bir hil vaziyatdamiz" dedim. Endi esa men xech kim emasligim va osonlik bilan meni mag'lub etishi haqida gapirdi. Ular men haqida ko'p gapirishadi. Lekin meni qo'rqoq yoki oson raqib deb atamang", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar