03 may 11:09
Yangiliklar

Uayt - Povetkin jangi muxlislarsiz o'tkaziladi
Aynan ushbu to'qnashuv koronavirus pandemiyasidan keyin o'tkaziladigan ilk boks jangi bo'ladi. Britaniyalik taniqli promouter bu haqida yana bir bor o'z fikrini bildirdi.
"Ko'pchilik katta janglarni muxlislarsiz o'tkazish qiyin degan fikrni bildiryapti. Lekin mening fikrim o'zgacha: Uayt - Povetkin jangi pandemiyadan keyingi ilk jang bo'ladi. Lekin jang bo'sh tribunalar qarshisida o'tkaziladi. Uayt - Povetkin va Keti Teylor - Amanda Serrano - bu aynan biz o'tkazishni xohlagan jang. Reja bo'yicha iyulning oxiri yoki avgust oyining boshida bu ikki jangni o'tkazamiz", - deya Xirnning so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, aslida britaniyalik Dillian Uayt hamda rossiyalik Aleksandr Povetkin o'rtasidagi jang 2 may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida o'tkazilishi kerak edi.
Fikrlar