16 iyu 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt WBCni sudga berdi: U chempionlik jangini istamoqda
Britaniyalik superog'ir vaznli bokschi Dillian Uayt (26-1, 18 KO) belgilangan muddatda chempionlik jangini kafolatlash talabi bilan WBCni sudga berdi.
Bokschi o'tgan yilning iyulidan buyon ayni paytda Tayson Fyuriga tegishli bo'lib turgan WBC kamariga davogar hisoblanadi. WBC unga 2021 yilning fevral oyidan kechiktirmay chempionlik jangini taqdim etishi kerak.
O'z navbatida, Fyuri shu yil oxirida Deontey Uaylderga qarshi uchinchi jangni istamoqda. Undan keyin esa uch yo'nalish chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang o'tkazmoqchi. Bu degani - Uaytga qarshi jang muddati yana ortga suriladi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar