27 mar 18:30
Yangiliklar

Uaytning advokati Fyuri haqida: "Ular moliyaviy tomonlama bizga yovvoyilarcha munosabatda bo'lishmoqda"
"Dillian asosiy etiborini jangga qaratgan va u jang amalga oshishiga shubha qilmayapti. Ammo kelajakda nima bo'lishini bila olmaysan. So'nggi daqiqalarda ham nimalardir o'zgarishi mumkin.
Uayt o'z ishini biladi - bu katta jang. Balki so'nggi o'n yillikning muhim voqeligidir.
Biz Frenk yoki Jorj Uorren bilan bir oydan buyon gaplashmadik. Undan oldin esa Frenk bilan uch daqiqalik qiyin suhbat bo'lgandi.
Bizga moliyaviy tomonlama yovvoyilardek munosabat bo'lmoqda deb hisoblayman. Men bunaqasini xech qachon ko'rmaganman. Bizda Dillianning atrofidagilar uchun umuman chipta yo'q. Uning onasi yoki yaqinlari uchun ham.
25 ta chipta normal son. Biz tashkilotchi bo'lgan paytlarda Dillianning raqiblariga shuncha miqdorda chipta ajratamiz", - dedi advokat.
Eslatib o'tamiz, Uayt va Fyuri o'rtasidagi jang 23 aprel kuni Londondagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Fikrlar